Lev: "Bizning rejamiz ko'proq foyda berdi"

Mirjalol Normatov
20 iyun 2021, 10:34
Germaniya termasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev Portugaliya termasiga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Ajoyib o'yin - maydonda ikki jangovar termalar jang qildi. G'alabaga haqli edik, yuqori tezlikda o'ynadik, ko'proq vaziyatlar yarata oldik. Ajoyib ish bo'ldi. Raqibdan ko'ra, bizning rejamiz ko'proq ish berdi. Fransiyaga qarshi o'yinda bu unchalik o'xshamagandi. Umuman olganda, shunday bo'lishini kutgandim", - dedi Lev.

Germaniya so'nggi turda Vengriyaga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia