Leroy Fer faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

Alisher
16 iyul 2019
Yarim himoyachi Leroy Fer Rossiyaga yo'l olishi mumkin.

29 yoshli gollandiyalik futbolchiga "Lokomotiv" klubi qiziqish bildirmoqda.

Fer oxirgi 3 mavsumni "Suonsi"da o'tkazdi va shu yozda shartnomasi yakunlanganidan so'ng jamoani tark etdi.

Futbolchiga "Loko"dan tashqari Istanbulning "Istanbul" va "Beshiktosh" klublari qiziqmoqda.

Yarim himoyachi "Suonsi"ga qadar "Feyenoord", "Tvente", "Norvich" va KPR klublarida o'ynagan. U Gollandiya terma jamoasi safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

Futbolchi bundan tashqari terma jamoa bilan 2014 yilgi jahon chempionatining bronza medallariga sazovor bo'lgan.


AlisherMuallif
Manba: TMW