Laporta "Barselona" "Kamp Nou"dan ko'chishini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
19 mar 2026
"Barselona"ning "Kamp Nou"ga qaytishi stadionni rekonstrukciya qilish tufayli haqiqiy epopeyaga aylandi, u 2025 yilning kuzida o'z yakunini topdi: jamoa yana o'z maydonida o'ynay boshladi.

Klub prezidenti Joan Laportaning takidlashicha, 1,5 yil davom etadigan "Kamp Nou"ga tom o'rnatish ishlari stadionda o'yinlarni o'tkazishni imkonsiz qilib qo'yadi va buning natijasida jamoa yana ko'chib kyetishiga to'g'ri keladi. Biroq "Monjuik" stadioniga emas, balki o'zining Yoxana Kroyf nomidagi arenasiga:

"Tomni o'rnatish paytida – 2027 yilning yozidan boshlab Yoxan Kroyf stadioni qisqa muddatda bazi o'yinlar uchun alternativa bo'ladi. Biz uning stadionini 10 ming o'ringa kengaytirmoqchimiz. Sant-Joan-Despi municipaliteti bunga qarshi emas, biz "Monjuik"ka qaytishni xohlamaymiz.

Stadion qurib bitkazilgach, biz 450 million evro daromadga erishamiz. Hozirda bizda 125 million evro bor, bu kutilganidan ko'proq", – dedi Laporta.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RAC1