

"Men Xudoga ishonaman. Imon menga yordam beradi, lekin men bunga amal qilmayman. Menga etiqod yoqadi. Bir episkop aytganidek, jannat – bu "Barsa" har besh daqiqada "Real"ga gol uradigan joy. Agar Xudo bor bo'lsa, u "Barsa" tomonida", – dedi Laporta.
La Liganing 8-turidan so'ng "Real" 21 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Barselona" esa 19 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoalar 26 oktyabr kuni La Liganing 10-tur uchrashuvida o'zaro to'qnash keladi.



