LaLiga. "Atletiko" - "Sevilya" bahsi qoldirildi

Mirjalol Normatov
3 sen 2023, 17:50
LaLiga doirasida "Atletiko" va "Sevilya" o'rtasidagi bahs ehtimoliy bo'ron sababli boshqa kunga qoldirildi.

Mamlakat metereleogiya agentligi Madrid shahrini mahalliy vaqt bilan 12:00 hamda 18:00 oralig'ida qizil hudud bilan belgiladi va DANA bo'roni bilan ogohlantirdi.

"Keraksiz safarlarga chiqmang, yog'ingarchilik bir kvadrat metrga 120 litrdan to'g'ri kelishi mumkin", - deyiladi maxsus bayonotda. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca