Kuvayt FIFA Series musobaqasida ishtirok etmaydi

Sherzod Nurmatov
17 mar 2026
Kuvayt terma jamoasi Ostonada bo'lib o'tadigan FIFA Series xalqaro o'rtoqlik turnirida qatnashmaydi.

Dastlab musobaqada to'rtta jamoa - Qozog'iston, Kuvayt, Komor orollari va Namibiya ishtirok etishi rejalashtirilgandi. Biroq Kuvayt terma jamoasi rad javobini berganidan so'ng turnirda uchta jamoa qoldi va ular o'zaro aylanma tizimda o'ynaydi.

Qayd etilishicha, Qozog'iston terma jamoasi o'zining ilk o'yinini 25 mart kuni o'tkazadi. Raqib Namibiya terma jamoasi bo'ladi. Uchrashuv "Ostona Arena"da bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: kazfootball.kz