Kuvayt bilan oxirgi uchrashuvda O'zbekiston tarkibida kimlar bo'lgan?

Sherzod Nurmatov
9 okt 2025, 15:51
O'zbekiston terma jamoasi 13 yildan so'ng yana Kuvayt terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

"Oq bo'rilar" oxirgi marotaba 2012 yil bu jamoa bilan to'qnash kelgan edi. O'shanda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi vakillarimiz Toshkentda raqibini 3:0 hisobida engishga muvaffaq bo'lgan. 

O'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston – Kuvayt 3:0

07.09.2012. Toshkent. "Paxtakor" stadioni

Bosh hakam: Ravshan Ermatov

Gollar: Sanjar Tursunov 17, Aleksandr Geynrix 45+1, 46

O'zbekiston: Ignantiy Nesterov, Shoxruh Gadoev, Anzur Ismoilov, Akmal Shorahmedov (Islom Inomov,80), Artyom Filiposyan, Vagiz Galiulin (Jasur Hasanov,60), Timur Kapadze (Lutfulla To'raev, 71), Sanjar Tursunov, Server Jeparov (Ulug'bek Bakaev,60), Fozil Musaev (Vadim Afonin, 71), Aleksandr Geynrix (Vladimir Shishelov, 60).

Eslatib o'tamiz, bugungi bellashuv "Olimpiya" stadionida 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia