Kutilmagan burilish: Palmer faoliyatini APLning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
23 yanv 2026
Koul Palmer "Chelsi"ning haqiqiy yetakchisiga aylandi, ammo joriy mavsumda uni jarohatlar bezovta qildi.

Endi esa yarim himoyachi uyini sog'inib qolayotgani va boshqa klubga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'ldi.

"Express Sport" ma'lumotlariga ko'ra, angliyalik yarim himoyachi ona shahri - Manchesterni sog'inib qolgan. U tug'ilgan shahriga qaytib, faoliyatini "Manchester Yunayted" safida davom ettirishi mumkin.

Palmer Chempionlar Ligasidagi o'yinni o'tkazib yubordi. Bosh murabbiy Liam Rosenor uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida bu qaror ehtiyot chorasi sifatida qabul qilinganini, chunki Koul oldingi o'yindan keyin noqulaylik his qilganini tushuntirdi.

"Pafos" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Chelsi" Chempionlar Ligasi turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarildi. Jamoa 7 o'yindan keyin 13 ochko to'plagan va 1/16 finalga to'g'ridan-to'g'ri chiqish uchun navbatdagi bahsda g'alaba qozonishi shart.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Express Sport