Kuadrado mavsum oxirida "Yuventus"ni tark etadi

Оқил Абдубарноев
4 may 2023, 20:23
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Xuan Kuadrado katta ehtimol bilan mavsum yakunida jamoasini tark etadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, kolumbiyalik himoyachi klub uning muddati tugaydigan shartnomasini yangilamasligi sababli erkin agent sifatida jamoadan ketadi.

34 yoshli futbolchi 2015 yildan buyon “Yuventus” safida to'p tepadi. Italiya chempionatining joriy mavsumida Kuadrado 27 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira