"Kristal Pelas" "Arsenal"dan Lokongani ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
1 fev 2023, 13:49
"Kristal Pelas" "Arsenal" yarim himoyachisi Albert-Mboyo Lokonga bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

23 yoshli belgiyalik yozgacha ijara asosida boshqa jamoaga o'tdi.

Lokonganing "kanonirlar" bilan kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 15 million evroga baholamoqda.

Ushbu transfer oynasida "Arsenal" "Monako"ning futbolchini sotib olish taklifini rad etdi.

Yarim himoyachi joriy mavsum "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cpfc.co.uk