Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 100 ming dollarlik soat sovg'a qildi

Omonjon To`xtamirzayev
3 fev 2024
27 yanvar kuni Krishtianu Ronalduning qiz o'rtog'i Jorjina Rodriges 30 yoshni qarshi oldi.

Taxmin qilinganidek, futbolchi ajoyib bayram tashkillashtirdi va qo'shimchasiga Jorjinaga o'zgacha sovg'a qildi. Jordjina Rodriges o'zining istangramida Krishtianu o'ziga nima sovg'a qilganini ko'rsatdi.

"Puldan muammo yo'q" qabilida ish ko'radigan Ronaldu "Jacob" brendining brilliantlarga burkangan qo'l soatini sovg'a qildi. Aksessuarga elektron tizim (ciferblat) o'rnatilgan bo'lib, yorqin rangdagi tasmasini qimmatbaho toshlari bor belbog' o'rab turibdi.

Bu sovg'a uchun Krishtianu yaxshigina summa sarflashiga to'g'ri kelganini takidlash lozim. Taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra, bu kabi soatlarning narxi eng kamida 100 ming $ni tashkil qiladi (bugungi kurs bo'yicha 1 244 000 000 so'm).

Yaqinolari uchun Krishtianu hech qachon pul ayamaydi. Ronalduning oilasi faqatgina eng yaxshi xizmatlardan foydalanadi, eng yaxshi mexmonxonalarda istiqomat qiladi, sovg'alar esa chinakamiga shoxonasidan. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia