Krishtianu Ronaldu: "Hayit muborak bo'lsin"

Administrator
11 apr 2024
Portugaliya terma jamoasi va "Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

Ronaldu o'zining turli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga bayram postini joyladi.

"Hayit muborak bo'lsin. Bunday o'zgacha kunda barchangizga quvonch, tinchlik va baxt tilayman", -deb yozadi Krishtianu Ronaldu o'zining ijtimoiy tarmoq sahifalarida.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/Cristiano