Koutino o'z karerasini baholadi

Alisher
27 fev 2024
"Al Duhayl" yarim himoyachisi Filippe Koutino o'z faoliyatini baholadi.

"Menda yaxshiroq faoliyat bo'lishi mumkin edi deb o'ylamayman. To'liq faoliyatimdan roziman.

Ko'plab odamlar faoliyatimni yaxshi yoki yomonligini tahlil qilishadi, ammo shaxsan men roziman. Barcha imkoniyatlarimni bilaman, bu esa men uchun eng asosiysi", – deydi futbolchi.

Braziliyalik joriy mavsumni Qatar klubida "Aston Villa"dan ijara asosida o'tkazmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.