Konseysau "Portu"dan ketganini e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
4 iyun 2024
Serjiu Konseysau "Portu" bosh murabbiyi lavozimini tark etganini ma'lum qildi.

"Ajdarlar" bilan murabbiy 3 marta Portugaliya chempioni, mamlakat Kubogida va Superkubogida zafar quchdi. Shuningdek, bir marta Liga Kubogini qo'lga kiritdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, mutaxassisning keyingi manzili "Marsel" klubi bo'ladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо