"Komo" "Manchester Siti" futbolchisini sotib oldi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2025, 18:27
"Komo" matbuot xizmati o'tgan yozdan beri Italiya klubida ijara asosida to'p tepayotgan "Manchester Siti" tayanch yarim himoyachisi Maksimo Perronening to'liq transferini e'lon qildi.

22 yoshli argentinalik futbolchi A Seriya klubi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. "Siti" xavbek uchun 13 mln funt oldi.

Perrone o'tgan mavsum "Komo" safida Italiya chempionatida 26 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: comofootball.com