Kokorin Eshenkoning rasmini ko'rib O'runovga hazil qildi

Alisher
10 dek 2020, 17:37
"Spartak" himoyachisi Andrey Eshenko o'zining Instagram'dagi sahifasi orqali barchani futbol kuni bilan tabrikladi.

Eshenko sahifasiga kulgili fotosuratni joylashtirdi, uning jamoadoshi Aleksandr Kokorin esa suratga izoh qoldirdi. Hujumchi Oston O'runovga hazil qilishga qaror qildi.

"Bu bugun maydondagi O'runku", - deya yozdi Kokorin. Eshenko esa bu izohga kulgili smayliklar bilan javob qaytardi.


[instagram]

[/instagram]


Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Oston O'runov qishki transferlar oynasida "Rubin"ga o'tishi mumkin. Qozon klubi o'zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia