Kingsli Koman "Al Nassr"ga o'tdi - Here We Go!

Sherzod Nurmatov
11 avg 2025
"Bavariya" yulduzi Kingsli Koman 30 mln evro evaziga Saudiya Arabistoni jamoasi a'zosiga aylandi.

Kelishuv yakunlangani haqida Fabricio Romano xabar berdi.

Fransiya terma jamoasi vingeri faoliyati mobaynida 30 ta sovrinni qo'lga kiritgan. Ular orasida YCHL, UEFA Superkubogi, Millatlar Ligasi, KJCH, shuningdek, Germaniya, Italiya va Fransiya chempionati g'olibligi.

29 yoshli futbolchi o'tgan mavsum myunxenliklar libosida 45 o'yinda "9+6" natijani ko'rsatgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano