Kike Sanches Flores "Xetafe" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Alisher
5 okt 2021, 08:38
Ispaniyalik murabbiy Kike Sanches Flores "Xetafe"ga qaytishi mumkin.

U jamoa bosh murabbiyligi uchun asosiy davogarlardan biridir. 56 yoshli mutaxassis bungacha ikki bor uzoq bo'lmagan muddatlarda ispan klubini boshqargan.

Floresning so'nggi ish joyi Angliyaning "Uotford" klubi bo'lgan edi va u ingliz jamoasini 2019 yilda tark etgan edi.

Kecha "Xetafe" rasmiy sayti Michelning klub bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilganini xabar qildi.

"Xetafe" La Ligadagi 8ta o'yinda 1 ochko jamg'argan holda jadvalning so'nggida bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo