Keyn "Real"ga qarshi o'yinda ishtirok etadimi?

Sherzod Nurmatov
7 apr 2026
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani jurnalistlarga yulduz hujumchi Harri Keyn "Real"ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o'yinida maydonga tushishi mumkinmi yoki yo'qligini aytdi.

Kompani UEFA matbuot xizmatiga Keyn so'nggi kunlarda intensiv mashg'ulotlar olib borayotganini va yuqori sport formasiga qaytib borayotganini ta'kidladi. Belgiyalik murabbiyga ko'ra, hujumchi "Real"ga qarshi o'ynashga tayyor:

"Keyn bo'yicha yakuniy qarorni o'yindan oldin qabul qilamiz. Ulrayxdan tashqari "Bavariya"ning barcha futbolchilari o'ynashga tayyor. Bizda ajoyib tarkib bor".

2.jpg

Eslatib o'tamiz, “Real” – “Bavariya” uchrashuvi bugun 00:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN