Kavani qaysi klubda faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi

Omonjon To`xtamirzayev
31 dek 2025, 12:47
Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Argentinaning "Boka Xuniors" jamoasi uning professional faoliyatidagi oxirgi klub bo'lishini e'lon qildi.

"Men avvalroq faoliyatimni "Boka"da yakunlamoqchiligim haqida gapirgandim va menimcha, hech nima o'zgarmagan hamda qarorimni hurmat qilaman".

Eslatib o'tamiz, Edinson "Boka"ga 2023 yil yozida ko'chib o'tgan. Buenos‑Ayres shahri jamoasi safida 55 ta o'yinda maydonga tushgan "El Matador" 23 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Kavani 37 yoshda va u Urugvay tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to'purar sanaladi. Edinson mamlakat milliy termasi safida 136 uchrashuvda 58 ta gol urgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ole.com.ar