Katta Messi Argentinada avariyaga uchradi (foto)

Aslanov Jasurbek
27 avg 2017
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining akasi Matias Messi Argentinaning Rosario shahrida avariyaga uchradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 35 yoshli Matias Messi avariya oqibatida kichik jarohatlar olgan.


Berilgan ma'lumotda, Matias Messi boshqarayotgan Audi mashinasi yuk tashuvchi mashina tagiga kirib kyetishiga bir bahya qolgani aytilgan. Voqea qanday yuz bergani hozircha noma'lum. Ushbu YTXda hech kim jiddiy shikast olmagan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS