

"To'g'risini aytsam, VAR tizimining ishlatilishiga unchalik tushunmadim. Hakam yo'q joydan Grizmannga nisbatan fol ishlatilganini aytdi, u yerda qo'pollik yo'q edi. Nega VAR ishlatilmadi? Fransiya shu vaziyatdan gol urdi. Biroq hech kim hech nima demadi", - dedi Kasilyas.



