

- O'yin haqida
- Ortda qolgan haftada biz juda yaxshi mashg'ulotlarni o'tkazgandik. O'yinga nisbatan tayyorgarlgimiz yomon bo'lmagandi. Afsuski, bugun "Dinamo"ga yutqazdik va biz uchun finalga teng o'yinlardan birini boy berdik. Hozir xatolar haqida o'ylagandan ko'ra keyingi o'yin haqida bosh qotirish to'g'ri bo'lardi.
- Matbuot anjumanida nega bosh murabbiy ishtirok etmayapti?
- Bu savolni izohsiz qoldiramiz.
- Avvalgi o'yinlarda g'alabaga klub menejeri Hamidjon Aktamovning harakatlari sabab sifatida ko'rsatilardi. Bugungi mag'lubiyat haqida Aktamov qanday fikrda?
- Hamidjon Aktamov bizga bu mag'lubiyatni unutgan holda, keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz haqida aytgandi. Chunki biz Superligada qolish vazifasini hal etmadik.



