Karim Benzema JCHda o'ynashga qarshi emas

Mirjalol Normatov
12 dek 2025
"Al Ittihod" hujumchisi Karim Benzema JCH-2026da Fransiya termasi tarkibida o'ynashga qarshi emas.

"Kim Jahon chempionatida o'ynashni istamas ekan? Barcha futbolchi buni xohlaydi.

Futbol va musobaqalashishni yaxshi ko'raman. Shu sababli Fransiya termasi bilan Jahon chempionatiga borish imkoniyati tug'ilsa, men rad javobini beraman desam, yolg'onchiga chiqib qolaman. Agarda meni chaqirishsa, o'ynayman. Menda hali ham ambiciyalar yuqori.

Futbolni, g'alabalarni, sovrinlar yutishni sevaman. Bu men uchun eng muhimi. Hozir men jamoam bilanman. Termaga chaqirishsa, o'ynashga tayyorman. Bu mendan talab qilinadigan yagona narsa", - dedi Benzema.

Benzema terma jamoadoshi Mate Valbuena bilan bo'lgan mojarodan keyin 2015 yilda termadan chetlatilgandi. 2021 yilda u milliy jamoaga chaqiruv oldi. 2022 yilda esa Karim termadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe