Karim Benzema "Al Hilol" futbolchisiga aylandi

Aslanov Jasurbek
2 fev 2026
Fransiyalik mashhur hujumchi Karim Benzema faoliyatini Saudiya Arabistonining boshqa bir grand klubi - "Al Hilol" safida davom ettiradigan bo'ldi.

Bu haqda taniqli insayder Yagiz Sabunjuog'lu xabar bermoqda.

Transfer tafsilotlari va vaziyat: 

- Tomonlar o'zaro bir yarim yillik shartnoma imzolashgan.

- Avvalroq Benzema o'ziga taklif qilingan shartnoma shartlaridan norozi bo'lib, "Al Ittihod" o'yinlarida maydonga tushishdan bosh tortgan edi.

- Hatto futbolchining yana Yevropaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

- E'tiborli jihati, "Al Nasr" yulduzi Krishtianu Ronaldu ushbu transferga qarshi chiqqani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni davlat investiciya fondi (PIF) mamlakatning to'rtta yetakchi klubi - "Al Nassr", "Al Ittihod", "Al Hilol" va "Al Ahli"ga egalik qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/yagosabuncuoglu