

Tajribali sharhlovchi suhbat davomida "Olimpik" futbol klubi va O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Timur Kapadze haqida gapirdi: "Mana, yaxshi mutaxassis yetishib chiqyapti. Tahlili zo'r, ochiq gapiradi. Lekin unga yana bitta raqobatchi chiqmasa, to'xtab qolishidan qo'rqaman. Chunki odam o'zining yagonaligini his qilsa, rivojlanmay qoladi. Vadim Abramovda bir paytlar shunaqa bo'lgan".

Xayrulla Hamidov bilan to'liq intervyu bugun YouTube'dagi sahifamizda e'lon qilinadi.



