Kaoru Mitomaning yangi jamoasi deyarli aniq

Khoja
25 may 2025
“Brayton“ vingeri Kaoru Mitoma faoliyatini Germaniyada davom ettiradi.

Futbolchi “Bavariya“ bilan deyarli kelishuvga erishdi. Yaponiyalik futbolchi nemis grandiga rozilik bergan. Ushbu transfer “Bavariya“ uchun 70 million evroga tushadi.

Avvalroq, Mitoma “Al Nassr“dan tushgan taklifni qabul qilmagandi. U joriy mavsum APLda 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: sport24.ru