

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining sun'iy maydonida 1-5 dekabr kunlari bo'lib o'tgan bahslarda jami 24 ta jamoa ishtirok etdi.
Dastlab jamoalar 6 ta guruhga bo'lingan bahslarni o'tkazdi. Guruh g'oliblari va eng yaxshi natija qayd etgan ikkita ikkinchi o'rin sohiblari, jami 8 jamoa chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Chorak va yarim finaldan keyin turnirning bosh sovriniga davogarlik qilgan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.
Uchinchi o'rin uchun kechgan o'yinda Sharq nashriyoti va Xalq so'zi gazetasi tahririyati vakillari maydonga tushishdi. Murosasiz bahsda gazetachilar g'alaba qozondi.
Xalq so'zi - Sharq - 2:0

Musobaqaning finalida O'zbekiton Milliy teleradiokompaniyasining MTRK hamda Zoʻr TV jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda MTRK jamoasi 2:0 hisobida ustun keldi.
MTRK – Zoʻr TV – 2:0
Musobaqaning taqdirlash marosimida O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori o'rinbosari O'ktam Hamroev va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev sovrindor jamoalarga oltin, kumush va bronza medallari, diplom va sovg'alarni topshirishdi. Shuningdek, g'olib jamoaga o'n million so'm, sovrindorlarga esa sakkiz va olti million so'mdan pul mukofotlari berildi. Musobaqa kubogini MTRK jamoasi qabul qilib oldi.





