Joze Mourinyu Jakaga vakcina olishni maslahat berdi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2021, 20:44
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka posti ostida izoh qoldirdi.

Shveytsariya terma jamoasi sardori va "Arsenal" futbolchisi Granit Jaka koronavirus yuqtirib oldi. Portugaliyalik murabbiy Jakaning postiga quyidagicha fikr yozdi: 

"Vakcina ol, Granit va o'zingni asra".

Jakada yaqinda koronavirus aniqlangandi. U oldinroq vakcina olishni rad etgan.

Futbolchi yozda "Roma"ga o'tishga yaqin kelgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com