Jon Terri “Bristol Siti”ni boshqarishi mumkin

“Chelsi” ning sobiq sardori, ayni paytda “Aston Villa” klubi ustozi Jon Terri “Bristol Siti” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin, deya xabar bermoqda Football Insider.

Eslatib o'tamiz, kuni kecha “Bristol Siti” rahbariyati ketma-ket to'rtta mag'lubiyatdan keyin jamoa bosh murabbiyi Li Jonsonni iste'foga chiqargandi. “Bristol Siti” ayni paytda Chempionship turnir jadvalida 41 uchrashuvda 55 ochko jamg'arib, 12-pog'onada bormoqda. Musobaqa jadvalida esa 78 ochko jamg'argan “Lids Yunayted” peshqadamlik qilmoqda.

Terri “Chelsi”da futbolchi sifatida besha karra Angliya chempioni va kubogi sohibi, shuningdek Yevropa Chempionlari ligasi va Yevropa Ligasida g'olib chiqqan. 2018 yilning oktyabrida u futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Manba: Football Insider