

Namanganning "Navbahor" klubi bo'lajak mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Timur Kapadze boshchiligidagi jamoa ayni paytda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda. "Lochinlar"ning bugun kechki mashg'ulotida biroz og'riq his qilayotgani sabab darvozabon O'tkir Yusupov hamda hujumchi Zabihillo O'rinboev qatnashishmadi. Ruslan Jiyanov esa jamoa bilan birga shug'ullanmoqda, shuningdek OKMKni tark etgan himoyachi akrom Komilov ham "Navbahor" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Benjamin Teydi ham yetib kelgan va shug'ullanmoqda. "Navbaxor"ning bugungi mashg'ulotidan suratlarni quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Navbahor" 14 yanvar kuni xorij yig'inini o'tkazish uchun turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketadi.
Foto: Tolibjon Qosimov



























