La Liga. "Real" mehmonda "Jirona"ni mag'lub eta olmadi
Alisher Ostonov
1 dek 2025
La Liga 14-tur doirasidagi "Jirona" - "Real" o'yini bo'lib o'tdi.
Dastlab 45-daqiqada Azzedin Unai Viktor Cigankovning pasidan so'ng hisobni ochdi. Kilian Mbappe 67-daqiqada Vinisius Junior ishlagan penaltini golga aylantirdi. Shundan so'ng darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.