"Jirona" o'z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi

Mirjalol Normatov
6 avg 2023
"Dnepr-1" va Ukraina termasi hujumchisi Artem Dobvik "Jirona" bilan shartnoma imzoladi.

Ukrainalik futbolchi bilan kelishuv 2028 yil yoziga qadar davom etadi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Jirona" hujumchining transferi uchun Ukraina klubiga 15 mln evro o'tkazib bergan. Bu esa "Jirona" tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi.

26 yoshli hujumchi "Dnepr-1" tarkibida 86 o'yinda 54 gol va 14 assist qayd etdi. Ukraina termasida esa uning hisobida 18 o'yinda 6 gol va 3 assist bor.

"Jirona" LaLiganing dastlabki turida "Real Sosedad"ga qarshi o'ynaydi. Ushbu bahs 13 avgust, shanba kuni o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GironaFC