Jibril Sisse yana futbolga qaytmoqchi

9 may 2020, 09:05
Sisse maydonga qaytishga tayyor.

38 yoshni qoralagan Jibril Sisse futbolga qaytishni xohlamoqda. Futbolchi Liga 1 doirasida 100 golini urish maqsadida shunday qarorga kelgan. Sisse buning uchun Liga 1 dagi istalgan klubda tekinga o'ynashga tayyorligini bildirgan.

“Liverpul”, “Marsel” klublarining sobiq hujumchisi so'nggi bor 2017/18 yilgi mavsum maydonga tushgan. Uning so'nggi ish joyi esa Shveytsariyaning “Iverdon-Sport” klubi bo'lgandi.


Manba: Goal.com