Jezush Ronaldu haqida: "Uning taklifi tufayli "Al Nassr"daman"

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2025, 01:44
Jorje Jezush Krishtianu Ronaldusiz "Al Nassr"ni boshqarmagan bo'lardi, dedi.

Dushanba kuni portugaliyalik mutaxassis Ar-Riyod jamoasining bosh murabbiyi bo'ldi.


"Menga Saudiya Arabistoni yoqadi, bu futbol va undan tashqarida kelajak mamlakati. Qaytib kelganimdan xursandman.

Krishtianu taklifi tufayli shu yerdaman. Ronaldu – qayerda o'ynasa, hamma narsani yutib kelgan o'yinchi, faqat Saudiya Arabistoni qoldi. Ko'ramiz, bu yil unga yordam bera olamanmi.


Biz bir tilda gaplashamiz, hamma narsa oson bo'ladi. Krishtianu bergan imkoniyatdan bosh torta olmadim", – dedi Jezush.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Al-Nassr