

Kecha misrlik vinger mavsum yakunida klubni tark etishini e'lon qilgan edi.
"Muhammad Salohning kyetishi nafaqat "Liverpul" uchun buyuk davr yakunlanishini anglatadi, balki Premer-liga yana bir jahon darajasidagi istedodni yo'qotayotganidan dalolat beradi. Bu butun ingliz futboli uchun katta yo'qotishdir.
Angliyada muvaffaqiyat qozongan xorijlik hujumchilar orasida faqat Terri Anri o'z mahsuldorligi va barqarorligi bilan Salohdan ustun bo'lishi mumkin. Ko'pchilik Krishtianu Ronaldu, Eden Azar, Janfranko Dzola yoki Erik Kantona kabi futbolchilar haqida bahslashishi mumkin, ammo ularning hech biri misrlik futbolchi kabi uzoq vaqt davomida barqaror yuqori natija ko'rsata olmagan.
Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi davri uning "Real"dagi eng gullagan vaqtidan oldin va keyinga to'g'ri kelgan. Agar faqat Premer-ligadagi ta’siri va chiqishlariga qarab baho beradigan bo'lsak, Saloh undan o'zib ketadi. APL tarixidagi ramziy terma jamoada Saloh hujum chizig'ida Anri va Ronaldu bilan birga asosiy nomzod hisoblanadi.
Yurgen Klopp davri haqida gap ketganda, Saloh doimo APL va Chempionlar ligasidagi g'alabalar timsoli bo'lib qoladi. Klopp xarizmatik rejissyor bo'lgan bo'lsa, Saloh bosh rol ijrochisi edi", – deb yozadi Karrager o'z kolonkasida.



