Jerrard murabbiylik faoliyatini davom ettirishga yaqin

Khoja
7 okt 2025
Stiven Jerrard murabbiylik faoliyatini tiklashi mumkin.

Unga Shotlandiyaning "Reyndjers" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan. Angliyalik murabbiyning o'zi ham Shotlandiyaga qaytishga qarshi emasligini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Stiven Jerrard 2018-2021 yillar oralig'ida "Reyndjers" bosh murabbiyi bo'lgan. Uning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonning "Al Ittifoq" klubi hisoblanadi. U yil boshida saudiyaliklar bilan shartnomani bekor qilgandi.


KhojaMuallif
Manba: skysport