Jermeyn Defo jiddiy yo'l transport hodisasiga uchradi

Mirjalol Normatov
29 sen 2019
"Reynjers" hujumchisi Jermeyn Defo Shotlandiya chempionati doirasida "Aberdin"ga qarshi o'yindan keyin jiddiy yo'l transport hodisasiga uchradi.

Futbolchi o'zining "Range Rover"ida rafiqasi bilan ketayotganida "BMW" bilan to'qnashib ketgan. Defoning mashinasi jiddiy shikastlangan. Asosiysi, futbolchi va uning rafiqasiga hech qanday jarohat etmagan.

36 yoshli Defo yanvar oyida "Bornmut"dan "Reynjers"ga ijara asosida o'tgandi. Ushbu mavsumda u 13 o'yinda 9 gol kiritishga erishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express