"Jenoa" "Yuventus" darvozaboni Perinning ijara mudattini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2020
"Yuventus" darvozaboni Mattia Perin "Jenoa"da o'ynashda davom etadi.

Tomonlar 2020/21 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan yangi ijara shartnomasini tuzdilar. Bu haqda Turin klubi matbuot xizmati xabar berdi.

27 yoshli futbolchi 2020 yilning yanvar oyida genuyaliklar tomonidan ijaraga olingan edi. U ilgari ham (2010 yildan 2018 yilgacha)  "Jenoa" safida o'ynagan.

Perin o'tgan mavsum Italiya A Seriyasida 21 o'yin o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com