Jek Grilish A Seriyaning top-klublaridan biriga o'tishi mumkin

Alisher
30 mar 2025, 21:03
"Nyukasl" va "Milan" "Manchester Siti" vingeri Jek Grilishni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Oldinroq, "shaharliklar" bosslari inglizni yozda sotib yuborishga qaror qilgani ma'lum bo'lgandi. Shuningdek, "Chelsi" ham Grilish bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

"Man Siti" Jek Grilishning transfer huquqini "Aston Villa"dan 117,5 mln evroga sotib olgandi. Vinger Xosep Gvardiola jamoasi safida jami 151 ta o'yin o'tkazib, ularda 16 ta gol va 23 ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: TEAMtalk