JCH-2026da har bir taym uchun majburiy tanaffus joriy etiladi

Sherzod Nurmatov
6 mar 2026, 17:26
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatida suv ichish uchun majburiy to'xtalishlar bo'lishini ma'lum qildi.

Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi xabar berdi.

Yangi reglamentga ko'ra, har bir 45 daqiqalik taymning o'rtasida o'yin 3 daqiqaga to'xtatiladi. Shunday qilib, turnirdagi har bir o'yinda ikki marta majburiy to'xtash bo'ladi.

Qayd etilishicha, to'xtalishlar barcha uchrashuvlarda bosh hakam tomonidan belgilanadi va ular ob-havo sharoiti yoki havo haroratiga bog'liq bo'lmaydi.

FIFA bunday tanaffuslar kiritilishini futbolchilar sog'lig'i va jismoniy holatini asrash bilan izohladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com