JCH-2026 saralash bosqichi. Koreya Kuvayt darvozasiga 4 ta to'p kiritdi

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2025
JCH-2026 saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan Koreya Respublikasi – Kuvayt uchrashuvi yakunlandi.

Unda koreyaliklar 4:0 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi. Mezbonlarning gollariga Jeon Jin Vo, Li Kan In, Ox Xyon Gu, Li Je Sun mualliflik qildi.

Koreya "B" guruhini 22 ochko bilan peshqadam sifatida tugatdi. Kuvayt esa guruhda oxirgi – 6-pog'onani band etdi. 

JCH-2026 saralash bosqichi

"B" guruhi. 10-tur

Koreya – Kuvayt 4:0

Gollar: Jeon Jin Vo 30', Li Kan In 51', Ox Xyon Gu 54', Li Je Sun 72'


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia