JCH-2026 ishtirokchilari ma'lum: Osiyodan 9 ta jamoa, Afrikadan 10 ta

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
Jahon chempionati saralashining so'nggi bosqichlari yakunlanib, JCH-2026 final bosqichining barcha ishtirokchilari nomi ma'lum bo'ldi.

Xalqaro pley-off bahslarida DR Kongo va Iroq terma jamoalari so'nggi yo'llanmalarga ega chiqishdi.

DR Kongo hal qiluvchi bahsda Yamaykani (1:0) mag'lub etgan bo'lsa, Iroq terma jamoasi Boliviyadan (2:1) ustun keldi. Shu tariqa, 2026 yilgi mundialda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadigan bo'ldi.

Qitalar kesimida vakillar soni quyidagicha ko'rinish oldi:

Yevropa (16 ta jamoa): Eng ko'p vakilga ega qita bo'lib qolmoqda.

Afrika (10 ta jamoa): Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana, Kabo-Verde, Janubiy Afrika, Senegal, Kot-d’Ivuar va DR Kongo. Afrika vakillar soni bo'yicha ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Osiyo (9 ta jamoa): Yaponiya, Avstraliya, Eron, O'zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Iroq. Vatanimiz terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi!

Janubiy Amerika (6 ta jamoa): Argentina, Ekvador, Kolumbiya, Urugvay, Braziliya va Paragvay.

KONKAKAF (6 ta jamoa): Mezbonlar - AQSH, Kanada va Meksikadan tashqari Panama, Gaiti va Kyurasao.

Okeaniya (1 ta jamoa): Yangi Zelandiya.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 bahslari 12 ta guruhda, har bir guruhda 4 tadan jamoa ishtirokida tashkil etiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Wiki