Javohir Sidiqov jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
6 may 2019
Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Persepolis" uchrashuvining birinchi taymi ortda qoldi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Javohir Sidiqov jarohat oldi. Bu vaziyatda raqib uning oyog'ini bosib oldi va Sidiqov maydonga juda noqulay yiqildi. Shifokorlar unga maydon chetida yordam ko'rsatishdi, biroq Javohir baribir maydonga qaytmadi. Futbolchi maydonni zambilda tark etdi. Uning o'rniga Sobit Sindarov tushdi. 

Sidiqovning jarohati qay darajada ekanligini tibbiy tekshiruvdan so'ng ma'lum bo'ladi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia