Jasurbek Yaxshiboev yangi jamoasida tanishtirildi

Tolibjon Qosimov
9 iyul 2020, 17:36
Joriy mavsum boshidan buyon Belarusning "Energetik-BGU" jamoasi tarkibida to'p tepib kelayotgan o'zbekistonlik futbolchi Jasurbek Yaxshiboev klubini o'zgartirgani haqida xabar bergan edik.

Rasmiy xabar: Jasurbek Yaxshiboev boshqa klubga ko'chib o'tdi

Jasur Belarusning boshqa bir klubi "Shaxtyor" (Soligorsk) tarkibiga borib qo'shildi. Bugun soligorskliklar Yaxshiboevni rasman tanishtirishdi. Vatandoshimiz yangi jamoasida 22-raqamda to'p tepadi. "Shaxtyor" uni "Paxtakor"dan mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.



Ayni paytda "Shaxtyor" Belarus chempionatida 30 ochko to'plagan holda BATE bilan birga peshqadamlik qilib turibdi. Jasurning o'zi esa 9 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatini boshqarib bormoqda, shuningdek u 3ta golli pas ham bergan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia