Jaloliddin Masharipov "An Nassr"ga qaytdi

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2021
Saudiya Arabistonining "An Nassr" jamoasi, hamyurtimiz Jaloliddin Masharipovni ijaradan jamoa safiga qaytganini rasman e'lon qildi.

"O'zbekiston yulduz Jaloliddin Masharipov ertaga Ar-Riyodga qaytadi va Bolgariyada bo'ladigan o'quv-yig'in mashg'ulotlari safariga jamoa bilan jo'nab ketadi", -deyiladi klub bayonotida.

[instagram]

 [/instagram]

Eslatib o'tamiz, Jaloliddin Masharipov shu davrga qadar "Shabab Al Ahli" jamoasida ijara asosida o'ynab kelayotgandi.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia