Izzatbek G'aniev Bahrayn chempionatidagi birinchi golini urdi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2017, 10:07
Bahrayn premer-ligasida 16-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

O'zbekistonlik Izzatbek G'aniev to'p tepayotgan "Al Hala Muharraq" klubi bu turni o'z uyida "Muharraq" klubiga qarshi o'tkazib 1:1 hisobida durang o'ynadi. 

G'aniev o'yinda 14-daqiqada Bahrayn chempionatidagi o'zining dastlabki golini urishga erishdi. Hamyurtimiz bahsda to'liq o'ynadi. 

Bahrayn premer-ligasi
"Al Hala Muharraq" - "Muharraq" 1:1



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia