Italiyada Levandovski maydonning ikkinchi yarmidan raqib darvozasini ishg'ol etdi

Eldor Akmurzayev
7 noya 2022, 08:45
"C" Seriya 12-turda “Messina” 3:2 hisobida “Monterozi”ni engishga erishdi.

Mezbonlar safida gollardan birini polshalik Mixail Levandovski urishga erishdi. 26 yoshli kiper o'z jarima maydoni yaqinidan to'pni zarb bilan raqib darvozasiga tepdi va chiroyli gol muallifiga aylandi.

Levandovski o'tgan yildan beri “Messina” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning jamoasi hozirda “C” guruhi turnir jadvalida 10 ochko bilan 19-o'rinda turibdi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia