Italiya ketma-ket uchinchi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
1 apr 2026, 09:15
Italiya milliy futbol jamoasi ketma-ket uchinchi marta mundialda qatnashmaydigan bo'ldi.

Jennaro Gattuzo qo'l ostidagi italiyaliklar pley-off bosqichida Bosniya va Gertsegovinaga yutqazdi (2-2, penaltilar seriyasida 1-4). Italiya bungacha 2018 va 2022 yillardagi Jahon chempionatiga yo'llanma olmagandi.

To'rt karra jahon chempioni oxirgi marta 2014 yilda Braziliyada bo'lib o'tgan jahon birinchiligida o'ynagan va u yerda Kosta-Rika, Urugvay va Angliya terma jamoalari ishtirok etgan guruhdan chiqa olmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia