Italiya grandlari Balogunga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
21 fev 2023
Italiya jamoalari "Reyms"da ijarada o'ynayotgan "Arsenal" forvardi Folarin Balogunni o'z tarkibiga qo'shib olishga intilmoqda.

A Seriya vakillaridan Fransiya chempionati ishtirokchisi "Reyms" futbolchisiga qiziqish bo'lmoqda. 21 yoshli hujumchi ushbu mavsumni ijara asosida "Reyms"da o'tkazmoqda. Shu paytgacha u ajoyib o'yin ko'rsatdi va 23 ta o'yinda 15 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etishga erishdi. 

Ma'lum qilinishicha, Balogun Italiyaning "Napoli", "Inter", "Milan" va "Lacio" klublari halovatini o'g'irlagan.

AQSHda tug'ilgan angliyalik futbolchi mavsum oxirigacha francuz klubida qoladi. Uning hisobida gollardan tashqari sheriklari tomon oshirilgan 2 ta samarali uzatma ham mavjud.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN